Monografiyada o'zbek va tojik adabiyotining atoqli namoyondasi Sadriddin
Ayniy hayoti va ijodi haqida ma'lumot beriladi. Yozuvchi asarlaridagi
qahramonlar nutqida ishlatilgan hisob so'zlar imkon darajasida tahlil
qilingan. Ulug` adib asarlaridan olingan parchalar yosh avlod badiiy
olamini boyitishda, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini oshirishda
katta hissa qo'shadi deb umid qilamiz. Zotan, badiiy asarlar o'quvchi
dunyoqarashi va tafakkurini o'stirishda muhim vosita hisoblanadi.
Sadriddin Ayniy ijodini o'rganish, anglash o'sha davr tarixi, madaniyati
va sivilizatsiyasini yaqindan bilishda asosiy manbalardan biridir.
Monografiya tayanch doktorant, boshlang'ich ta'lim, sport va tarbiyaviy
ish ta'lim yo'nalishi (5111700) talabalari, umumiy o'rta ta'lim maktabi
o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.