Hozirgi davrda ta'lim oluvchilarning, shu jumladan maktab
o'quvchilarining bilish faoliyatini rivojlantirish muammosi o'z
mohiyatiga ko'ra falsafa, sotsiologiya, pedagogika, psixologiya, xususiy
metodika fanlari vakillarining dolzarb ilmiy-tadqiqot ob'yekti
hisoblanadi. Monografiyada matematika ta'limida boshlang'ich sinf
o'quvchilari bilish faoliyatini shakllantirishning metodik asoslari
hamda mustaqil ishlarni tashkil etish - boshlang'ich sinf o'quvchilari
o'quv-biluv faoliyatini faollashtirish vositasi ekanligi borasida fikr -
mulohazalar bayon etilgan. Monografiya tayanch doktorantura hamda
5111700 - Boshlang'ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish ta'lim yo'nalishi
talabalari hamda umumta'lim maktablari boshlang'ich sinf
o'qituvchilariga mo'ljallangan.